Germaniya prezidenti Shtaynmayer mamlakat parlamentini tarqatib yubordi va muddatidan oldingi parlament saylovlari 2025-yil 23-fevralda bo‘lishini ma’lum qildi. Avvalroq bundestag deputatlari kansler Olaf Shols hukumatiga nisbatan ishonchsizlik votumini qabul qilgandi.
Germaniya parlamenti kansler Olaf Sholsning so‘rovini qo‘llab-quvvatladi va uning hukumatiga nisbatan ishonchsizlik votumi uchun ovoz berdi. Bu hukmron koalitsiya parchalanganidan keyin zarurat tug‘ilgan muddatidan ilgari saylovlarga yo‘l ochadi.
Germaniya kansleri Olaf Shols 2,5 yil ichida Ukrainaga qilgan ilk tashrifi chog‘ida mamlakatga 650 mln yevrolik qo‘shimcha harbiy yordam yetkazib berilishini e’lon qildi. Shuningdek, Kiyevdan Putinga murojaat qilib, Germaniya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi susaymasligini ta’kidladi.
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius bo‘lajak saylovlarda Sotsial-demokratik partiyadan kanslerlikka nomzodini ko‘rsatishdan bosh tortdi va amaldagi kansler Olaf Sholsni qo‘llab-quvvatladi. Partiya a’zolari avvalroq Pistoriusni o‘z nomzodini ko‘rsatishga chaqirgandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Olaf Shols 2022-yil dekabrdan buyon ilk bor telefon orqali gaplashdi. Shols Putinni urushni to‘xtatishga va qo‘shinlarni olib chiqishga chaqirdi. Kansler suhbat haqida Ukraina prezidentini ogohlantirgan, Zelenskiy esa Sholsni muloqot qilmaslikka chaqirgan.
Germaniya kansleri Olaf Shols mamlakat moliya vaziri Kristian Lindnerni “ko‘pincha uning ishonchini oqlamagani va murosaga kelmagani” uchun ishdan oldi. Shuningdek, “svetofor koalitsiyasi” deb ataluvchi hukmron koalitsiya parchalanib ketdi. Yanvarda Bundestagda hukumatga ishonch masalasi ovozga qo‘yilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti va Germaniya kansleri Samarqandda yetakchi kompaniya va banklar vakillari bilan uchrashdi. Shavkat Mirziyoyev unda asosan xususiy sektordagilar ishtirok etganini aytib, buni “yangi format” deb atadi. “Yashil energetika”, kimyo sanoati, mashinasozlik kabilar ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rildi.
O‘zbekiston Germaniya uchun juda muhim hamkor, jumladan, yaqin kelajak uchun ham, dedi Germaniya kansleri Olaf Shols. U mamlakatlar o‘rtasida imzolangan migratsiya bitimini alohida qayd etdi, shuningdek, Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida qanday masalalar ko‘tarilganini sanadi.
Germaniya kanslerining Samarqandga tashrifi doirasida 10 ga yaqin ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Ular orasida migratsiya, o‘ta muhim minerallar, transport, iqlim o‘zgarishi va boshqa sohalarda hamkorlik bitimlari bor.
Prezident va Germaniya kansleri muzokaralar o‘tkazdi. Unda tomonlar migratsiya bitimini imzoladi. Qolaversa, Boshqaruv kadrlarini tayyorlash qo‘shma maktabi ishga tushirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev Lufthansa aviakompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.
Samarqand shahrida Germaniya federal kansleri Olaf Sholsni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi. Foto.
15−16-sentabr kunlari Germaniya kansleri Olaf Shols rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Uning mamlakatga ilk tashrifi davomida Samarqandda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Shavkat Mirziyoyev va kansler ishtirokida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv o‘tkaziladi.
Germaniya kansleri Olaf Shols 15−17-sentabr kunlari O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrif buyuradi, u, xususan, “Markaziy Osiyo — Germaniya” sammitida ishtirok etadi.
Bayden HAMASning Isroilga hujumini 11-sentabr voqealariga qiyosladi. AQSh va Isroil razvedkasi “Al-Ahli” kasalxonasidagi portlashda “ko‘pi bilan bir necha o‘n nafar” odam o‘lgan deb hisoblamoqda. Misr va AQSh rahbarlari gumanitar yordam koridorini ochish bo‘yicha kelishib oldi.
O‘zbekiston prezidenti Berlinda Germaniya federal kansleri Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tashrif davomida turli sohalarga oid 16 ta hukumatlararo va idoralararo hujjat imzolandi.
Germaniya bir necha oylik munozaralardan so‘ng Ukrainaga Leopard 2 tanklarini yetkazib berishi va ukrainalik ekipajlarni o‘qitishini ma’lum qildi. Ukraina tanklar Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni ozod qilish uchun muhim deb atadi.
2018 yildan buyon moliya vaziri va vitse-kansler lavozimlarida ishlab kelayotgan Sotsial-demokratik partiya a’zosi Olaf Shols Germaniya federal kansleri etib saylandi. Uning nomzodini Bundestagning 395 deputati qo‘llab-quvvatladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting